1. Atamalar va Ta'riflar
1.1. "Xizmat" yoki "Platforma" — DevSMS platformasi, uning barcha funksiyalari, veb-interfeysi, API endpointlari va boshqa tarkibiy qismlari.
1.2. "Foydalanuvchi" — xizmatda ro'yxatdan o'tgan va/yoki xizmatdan foydalanayotgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.
1.3. "SMS Shlyuzi" — SMS xizmat ko'rsatuvchi (operator) tomonidan taqdim etiladigan SMS yuborish infratuzilmasi.
1.4. "Shablon" — SMS xizmat ko'rsatuvchi (operator) tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'lgan SMS matn namunasi.
1.5. "Universal OTP Shablon" — SMS xizmat ko'rsatuvchi (operator) tomonidan oldindan tasdiqlangan va foydalanuvchiga o'z korxona/xizmat nomi hamda OTP kodini kiritish imkoniyatini beruvchi standart shablonlar.
1.6. "API" — Dasturiy ta'minot interfeysi orqali xizmatdan foydalanish imkoniyati.
1.7. "Moderatsiya" — sun'iy intellekt (AI) va/yoki ma'muriyat tomonidan SMS mazmunini yoki xizmat parametrlarini tekshirish jarayoni.
1.8. "Nomaqbul kontent" — haqoratli, tahdidli, aldov maqsadli, noqonuniy, boshqa shaxs yoki tashkilot nomini o'zlashtiradigan, yoxud ushbu Shartlar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lgan har qanday mazmun.
1.9. "Musodara" — foydalanuvchi hisobidagi barcha mablag'larning qaytarilmaslik sharti bilan xizmat tomonidan o'zlashtirilishi.
1.10. "Ma'muriyat" — DevSMS xizmatini boshqaruvchi MYSTAR MChJ rahbariyati va vakolatli xodimlari.