1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
1.1. Hisob ma'lumotlari: ism yoki tashkilot nomi, telefon raqam va parol. Parol ochiq ko'rinishda saqlanmaydi — faqat uning qaytarib bo'lmaydigan xeshi saqlanadi.
1.2. Xizmat ma'lumotlari: siz yuborgan SMS matnlari, qabul qiluvchilarning telefon raqamlari, yuborilgan vaqt va yetkazilish holati, shablonlar, kontakt guruhlari va API kalitlari.
1.3. To'lov ma'lumotlari: to'lov summasi, vaqti, to'lov tizimi va tranzaksiya raqami. Bank kartangiz ma'lumotlari bizga berilmaydi va bizda saqlanmaydi — ular to'lov tizimining (Payme, Click) o'z sahifasida kiritiladi.
1.4. Texnik ma'lumotlar: IP manzil, qurilma nomi va turi, operatsion tizim, ilova versiyasi, kirish vaqti, xavfsizlik jurnallari va qurilma belgisi (Android'da tizim identifikatorining faqat shu ilovaga xos xeshi, iOS'da ilova yaratgan tasodifiy belgi, brauzerda — cookie). Bular hisobingizni himoyalash, "Qurilmalar" ro'yxatini ko'rsatish va siz bloklagan qurilmani hisobga kiritmaslik uchun kerak; reklama yoki kuzatuv uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonlarga berilmaydi.
1.5. Murojaatlar: qo'llab-quvvatlash chati va aloqa shakli orqali yuborgan xabarlaringiz.
1.6. Sayt cookie fayllari: tizimga kirgan holatingizni, tanlangan til va mavzuni saqlash uchun zarur cookie fayllaridan foydalanamiz. Reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.